Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Қашқадарё вилоятида бандлик ва камбағалликни қисқартириш: 2025 йил якунлари

error

2025-12-29

Qashqadaryo viloyatida 2025-yilda 534 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilib, reja 116% bajarildi. 

✅32 880 ta oila kambag‘allikdan chiqarilishi belgilangan bo‘lsa, amalda 53 668 ta oila reestrdan chiqarildi. 

✅Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida viloyatda bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. “Qamashi tajribasi” asosida 31 509 nafar fuqaroga 33 703 ta manzilli xizmat biriktirilib, 72 mlrd so‘m kredit ajratildi. Minglab fuqaro ish, yer va kasbga o‘qitish orqali daromadli bo‘ldi.

✅Kelgusida viloyatda 270 ta mahallani “kambag‘allikdan xoli hudud”ga aylantirish aniq maqsad sifatida belgilandi.

Qashqadaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i F.Muxammadiyev barcha xodimlarni kirib kelayotgan 2026-yil bilan samimiy tabriklab, ularga sihat‑salomatlik, tinchlik va ishlarida muvaffaqiyat tiladi. Shu bilan birga, faol xodimlar alohida e’tirof etilib, taqdirlandi.