Янгиликлар
Янгиликлар
2024-03-23
🤝Qarshi shahri hokimligi vakili va mahalliy tadbirkordan iborat delegatsiya xizmat safari bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib qaytishdi. Tashrif natijasida 4 oy davom etgan muzokaralar bo‘yicha "TVOE" kompaniyasi va "Grant Mebel Dizayn" MCHJ o'rtasida yakuniy kelishuvlar, rasmiy investitsiyaviy va loyihaviy shartnomalar imzolandi. Imzolangan hujjatlarga ko‘ra, 1-bosqichda Qarshi shahri “Batosh” MFY hududida may oyida 600 ish o‘rinlik tikuv-trikotaj fabrikasi ish boshlaydi. Keyingi bosqichlarda mato to‘qish, matoni bo‘yash loyihalarini o‘z ichiga olgan to‘liq jarayon yo‘lga qo‘yiladi.
📃 Ma’lumot uchun: “TVOE” kompaniyasi Rossiyaning yirik kompaniyalar tarmog‘i bo‘lib, butun Rossiya va boshqa davlatlarda tikuv-trikotaj, to’qimachilkik, matoni bo‘yash, mato printi kabi ishlab chiqaruvchi fabrikalar tarmog‘i va 350 dan ortiq magazinlar tarmog‘iga ega. Hozirda kompaniya va mahalliy tadbirkor tomonidan qo‘shma korxona shaklida “Osmon Guli” MCHJ tashkil etilib, loyihani ishga tushurish bo‘yicha tashkiliy va qurilish ishlari olib borilmoqda.
✅ Korxonada ishlash istagida bo‘lgan tikuvchi xotin-qizlar, texnologlar, elektriklar va boshqa soha yo‘nalishlardagi malakali mutaxassislar quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.
📞Telefon raqamlar: +998942968100; +998973157500