“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
2023-09-19
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, xotin-qizlarning ta’lim olishi, kasbiy ko‘nikmalarni egallashi va munosib ish topishga ko‘maklashish, tadbirkorligini rivojlantirish tizimini takomillashtirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra, 2023-yilning so‘ngiga qadar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etiladi.
Shuningdek, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularga o'z salohiyatini to'laqonli ro'yobga chiqarishi uchun qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni qayta kasbga tayyorlash harajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi belgilanmoqda.