Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq 2030-yilgacha ishga joylashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan kelishuvlar sonini 30 taga oshiriladi.

error

2023-09-19

Fuqarolarni xorijiy hamkorlar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kasb-hunarga va chet tillariga o‘qitish doirasida 2 mingta xorijiy kompaniyalar bilan kasbga o‘qitish va ish bilan ta’minlash tizimi tashkil qilinadi.
Shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan, ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.
Qolaversa, noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining asosiy ustuvor maqsadlaridan biriga aylanadi.