Yangiliklar
Yangiliklar
2023-08-11
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-39-sonli qaroriga asosan hokim yordamchlari joylarda oilaviy tadbirkorlikni tashkil qilishga ko‘maklashishmoqda.
✅Jumladan, hokim yordamchisi tashabbusi bilan Gʻuzor tumani "Mustaqillik" mahallasidagi vaqtincha ishsiz fuqaroga uyida bedana yetishtirish maqsadida 33 million so‘m miqdorda kredit olishga tavsiyanoma berildi. Ayni damda oilaviy tadbirkorning kichik biznesi o‘z samarasini berib, mahsulotlarga buyurtmalar tushmoqda.
✅Shuningdek, ushbu tumandagi "Gulshan" mahallasida istiqomat qiluvchi doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan fuqaroga ham hokim yordamchisi tomonidan uy sharoitida baliqchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit ajratishga tavsiya berilgan. Bugungi kunda ushbu oila tuman bozorlarini baliq go‘shti bilan muntazam ta’minlab kelmoqda.