Yangiliklar
Yangiliklar
2023-08-10
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining maslahatchisi, Respublika ishchi guruhi vakili Botir Parpiyev Yakkabog‘ tumanida boʻlib, fuqarolar qabulini oʻtkazdi.
Tumandagi "Saxovat" uyida oʻtkazilgan qabulda fuqarolar asosan uy-joy, moddiy yordam, kadastr, yer ajratib berish, gaz, suv, kredit, sud-huquq bilan bogʻliq masalalari bilan ishtirok etdilar.
Vazir maslahatchisi tomonidan har bir murojaat yechimiga jiddiy eʼtibor qaratilib, ayrim murojaatlar joyida hal qilindi.
Muddat talab qiladigan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing