2022 yilning 27 aprel kuni “Gissarneftgaz” MChJ qoʼshma korxonasining Nishon tumanidagi ishchilar shaharchasida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan korxonaning ishlab chiqarish va yordamchi xoʼjalik obʼektlari rahbarlari hamda muhandis-texnik xodimlari ishtirokida seminar oʼtkazildi.
Seminarda soʼzga chiqqan Qashqadaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspektsiyasi boshligʼi Аbdilaziz Mamatov “Mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonuni mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini taʼminlash, bu boradagi chora-tadbirlarni roʼyobga chiqarishga barcha zarur shart-sharoitni yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanligi, shu bilan birga qonun ijrosini taʼminlash borasidagi nazoratini kuchaytirish boʼyicha masʼuliyatini yanada oshirishi haqidagi oʼz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Bundan tashqari, Аbdilaziz Mamatov seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berdi va seminar ishtirokchilari ushbu seminardan olgan taassurotlari haqida oʼz fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Seminar yakunida korxonaning faoliyati davomida erishgan yutuqlari va xodimlar xavfsizligini taʼminlashda koʼrsatgan jonbozliklari uchun bir guruh xodimlariga faxriy yorliqlar topshirildi!