Yangiliklar
Yangiliklar
2023-08-08
Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Qamashi tumani "Mang'it" mahallasida ishsiz va band bo'lmagan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko'maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo'naltirish maqsadida "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Unda 120 ta tashkilotlar va tadbirkorlik sub'yektlari o'zlarida mavjud 385 ta bo'sh ish o'rni bilan qatnashdi.
Mehnat yarmarkada 200 nafar dan ortiq fuqarolar qatnashib, shundan 30 nafar fuqarolar haq to'lanadigan jamoat ishlariga yo'naltirildi, 12 nafar fuqarolar kasb-hunarga o'qishga jalb etildi va 21 nafar fuqarolarga doimiy ishlarga yo'llanmalar berildi.