Yangiliklar
Yangiliklar
2023-08-07
✔️Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Qamashi tumanining Mang‘it mahallasida bo‘lib, "Obod mahalla", "Obod ko‘cha", "Obod xonadon" dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Mang‘it maydoni jihatdan tumandagi yirik mahallalardan biri hisoblanadi. Mahallada 1514 ta oila, 1122 ta xonadon va jami 6193 nafar aholi istiqomat qilmoqda.
Ishchi guruh vakillari Mang‘itni namunali mahallaga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berishdi.
Endilikda yo‘l ta’miri, elektr, gaz va ichimlik suv ta’minoti, ijtimoiy obyektlar, aholi xonadonlari, mahalla hududida joylashgan "Markaziy o‘yingoh" obodonlashtirilmoqda.
✔️Shuningdek, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Qamashi tumani "Mang‘it" mahallasida ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish maqsadida "Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda 120 ta tashkilot va tadbirkorlik subyektlari o‘zlarida mavjud 385 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. 200 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etgan mazkur yarmarkada 30 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga, 12 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qishga jalb etildi. 21 nafar fuqarolarga esa doimiy ishlarga yo‘llanmalar berildi.