Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Vazir maslahatchisi G‘uzor tumanida

error

2023-08-03

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi, Respublika ishchi guruhi vakili Botir Parpiyev G‘uzor tumanida bo‘lib, fuqarolar murojaatlarini tingladi.


Qabulda asosiy masala tadbirkorlik uchun kredit ajratish, yo‘l taʼmirlash, uy-joyini taʼmirlash, davolanish uchun moddiy yordam va tibbiy xizmatni yaxshilash borasida bo‘ldi.


Sayyor qabulda jami 44 nafar fuqarolar ishtirok etib, shundan 15 ta murojaat joyida hal etilgan bo‘lsa, 24 ta murojaatni o‘rganish uchun chora-tadbir belgilanib, masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Qabul davomida oilaviy sharoitini maʼlum qilib, amaliy yordam so‘rab kelgan fuqarolarni o‘zini-o‘zi band qilishlari uchun turli uskuna va qurilmalar berildi.


Unda Respublika vakili fuqarolar berilgan uskunalardan maqsadli foydalangan holda oilaviy daromadini yanada yaxshilashlari lozimligini taʼkidladi.