Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Qamashi tumanida mehnat yarmarkasi o'tkazildi.

error

2023-02-06


Shu bilan birga tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha bir qancha topshiriqlar belgilab berdilar. Topshiriqqa muvofiq, “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosida Qamashi tumanida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish hamda hal etish bo‘yicha mahallalar kesimida “xonadonbay” ish olib borilmoqda.

Vazirlik, idoralar, viloyat, tuman sektorlari va sohaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ishchi guruhlar tuzilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat o‘rganib chiqilmoqda va ularni bartaraf etish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda.

O‘rganish jarayonida aniqlangan 630 nafar ishsiz va kasb xunarga ega bo‘lmagan aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini bugungi kunda 564 tasi 89,5 foizi hal etildi. Xatlov natijasida aniqlangan masalalar bizning bugungi kundagi muhim va asosiy masalalarimiz hisoblanadi va shu munosabat bilan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarimizni bandligiga ko‘maklashish, ularni daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun bugungi o‘tkazilayotgan tadbir hamda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi amalga oshirilayotgan islohatlarimiz yaqqol misoli sifatida ko‘rishimiz mumkin.

Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga, yoshlarga ayniqsa xotin-qizlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Xotin-qizlarni, yoshlarni munosib ish va daromad manbai bilan ta’minlash, ularga zamonaviy kasb-hunarlar, IT-texnologiyalarni o‘rgatish, tadbirkorlikka keng jalb etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi, Qamashi tumanidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qullab-quvvatlash, yoshlarni, ayniqsa xotin-qizlarni bandligiga ko‘maklashish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning asosiy mavzusidir.
 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’sul xodimi Mirjalilov Ne’matulla Qodirovich, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i R.G‘ofurov va o‘rinbosarlari, tuman hokimi B.Tog‘aev, tuman Prokurori B.Baxodirov, tuman IIB boshlig‘i N.Meyliev, tuman DSI boshlig‘i, tuman Yoshlar agentligi, tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, Hunarmandlar uyushmasi, tijorat banklari va boshqa tegishli korxona, tashkilotlar bilan hamkorligida ish bilan band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar va migrantlarni ishga joylashishiga ko‘maklashish va o‘z bizneslarini ochishga ko‘maklashish bo‘yicha 2023 yilning 03-fevral kuni “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.
Bundan tashqari tuman obodonlashtirish boshqarmasining bergan buyurtmanomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi jamoat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 nafar ishsiz fuqarolarimiz uchun bo‘sh ish o‘rinlarimiz mavjud.
Shuningdek, ish bilan band bo‘lmagan yoshlarimizni hamda xotin-qizlarimizni iqtisodiyotimizning ilg‘or sohalari yoki o‘zlarining qiziqtirgan yo‘nalishlari bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qamashi kasb-hunarga o‘qitish markazi, Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” Mono markazi va Shahrisab shahridagi O‘zbekiston-Koreya hamkorligidagi “KOIKA” o‘quv markazlarida kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish imkoniyatimiz mavjud.


Mehnat yarmarkasiga ish bilan band bo‘lmagan yoshlar va xotin qizlar va boshqalar taklif etildilar.
2023 yil 06-fevral kuni o‘tkazilgan Mehnat yarmarkasiga tumandagi 79 dan oshiq korxona, tashkilot, muassasa, hunarmandlar va tadbirkorlar qatnashdi.
O‘tkazilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida tumandagi iqtisodiyotimizning turli tarmoqlaridagi 79 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 481 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan, jumladan, 58 ta davlat korxonalarida 113 ta bo‘sh ish o‘rni va 21 ta xususiy sektorlardagi 368 ta bo‘sh ish o‘rinlari, shundan, ta’lim sohasida 98 ta, tibbiyotda 6 ta, qishloq xo‘jaligida 9 ta, sanoat sohasida 281 ta xizmat ko‘rsatish va savdo sohasida 32 ta va qurilish sohasida 55 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashmoqda.
Bo‘lib o‘tgan 06-fevral kuni mehnat yarmarkasiga 500 dan oshiq ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar qatnashdilar, shundan jami 146 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlanishiga erishildi.
Shu jumladan:
100 nafar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar tuman Obodonlashtirishg boshqarmasiga haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yo‘naltirildi, 12 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qishga  jalb etildi va 34 nafar fuqarolarga doimiy ishlarga yo‘llanmalar berildi.
Ishchi guruhlar tomonidan tumanda o‘tkazilgan xatlov natijasida aniqlangan muommolarni bartaraf etishda yana bir yo‘nalish, ya’ni tikuvchilik yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qigan va hozirgi kunda uyida ishsiz o‘tirgan xotin-qizlarimizni bandligini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 maydagi 252-son qaroriga asosan 45 nafar xotin-qizlarimizni o‘zini-o‘zi band qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.
Bundan tashqari, tumanimizda xatlov natijasida aniqlangan nogironligi bo‘lgan 82 nafar fuqarolarimizga reabilitatsiya texnik vositalari 42 dona kattalar nogironlik aravachali, 10 dona protez ortopediya maxsulotlariga yo‘llanma berilgan va 20 dona eshitish moslamalari, 3 dona qo‘ltiq tayoq, 7 dona xassalar taqdim etildi.
Shuningdek, tadbir davomida tumanimizdagi 10 nafar xotin-qizlarga jami                  300,0 mln so‘mlik Respublika darajasidagi murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazish va davolanish xarajatlarini qoplash uchun kafolatlovchi sertifikat taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.10.2017 yildagi 799-sonli qarori asosida mavsumiy vaqtinchalik obodonlashtirish haq to‘lanadigan jamoat ishlariga ishlashlari  mumkinligi, kasbga qayta o‘qishga jalb etilishi va Tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar olib tadbirkorlikbilan shug‘ullanishlari va boshqa masalalar bo‘yicha yarmarka ishtirokchilariga maslahatlar berildi.
Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari tadbirkorlik faoliyatini ochish va yuritish hamda kredit olish istagi bo‘lgan fuqarolarga ro‘yxatdan o‘tish, kreditlar olish va boshqa masalalar bo‘yicha tushunchalar berib suhbatlashdilar.
Shu kuni yoshlar uchun tumandagi namunali sanoat korxonalarining mahsulotlari, hunarmandlar uyushmasining a’zolarining va tadbirkor ayollarning ishlab  chiqarish  ijodiy ko‘rgazmalari, milliy uslubda tayyorlangan tikuvchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, do‘ppido‘zlik maxsulotlari ko‘rgazmalari tashkil etildi. Ayni paytda Yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan yoshlar ijtimoiy xizmat markazi tomonidan markazda tashkil etilgan  bepul hunar o‘rganish o‘quv kurslari haqida ma’lumot berildi. Yarmarkadan  markaz a’zolari tomonidan tayyorlangan turli ko‘rgazmalar ham o‘rin oldi. Bu o‘z navbatida  ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.