Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

AHOLI BANDLIGI TO‘G‘RISIDA

error

2023-02-02

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari — ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan va ish topishda qiynalayotgan hamda mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar;

band bo‘lmagan aholi (band bo‘lmagan shaxslar) — haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan shaxslar;

“Bandlik xizmati” axborot tizimi — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat organlariga murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan elektron axborot tizimi;

Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari milliy bazasi — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiruvchi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarning axborot bazasi;

ishsizlik — mehnat bozorida talabga ega bo‘lmagan mehnatga layoqatli ishchi kuchining mavjudligi;

ishsizlik nafaqasi — ishsiz shaxslarni davlat tomonidan kafolatlangan tarzda pul shaklida qo‘llab-quvvatlash turi;

ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish — aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ish o‘rinlarini ajratish;

ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi — ish beruvchilarga ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish uchun talab etiladigan tashkiliy-texnik shartlarga muvofiq, muayyan sondagi ish o‘rinlarini tashkil etish uchun beriladigan buyurtma;

ish o‘rinlarining eng kam soni — aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun tashkilot xodimlarining ro‘yxatdagi o‘rtacha soniga nisbatan tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlari bilan foizlarda belgilanadigan ish o‘rinlarining eng kam soni;

ish qidirayotgan shaxs — ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va u erda ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan shaxs;

Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimi — mehnat bozorining malakali xodimlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojlari hamda malakali ishchi kuchiga oid takliflar ta’lim va kasbga o‘qitish tizimi tomonidan maqbul tarzda kelishib olinishini ta’minlovchi huquqiy va institutsional jihatdan tartibga solish mexanizmlari yig‘indisi;

kasbiy standart — malaka va bilimning darajasiga, mehnatning mazmuniga, sifatiga va shart-sharoitlariga doir talablarni belgilaydigan, asosiy mehnat vazifalari tavsifini va ularni bajarish shartlarini o‘z ichiga olgan standart;

malaka — xodimning yoki ish izlovchining tegishli kasb (mutaxassislik) bo‘yicha unga mehnat vazifalarini sifatli bajarish imkonini beradigan tayyorgarlik darajasi, uning bilim, mahorat va ko‘nikmalar saviyasi;

malakani baholash — xodim yoki ish izlovchi malakasining kasbiy standart talablariga muvofiqligini tasdiqlash tartib-taomili;

maqbul keladigan ish — fuqaro bajarishga qodir bo‘lgan, fuqaroning olgan ma’lumoti yo‘nalishi va ixtisosligiga, malakasiga, kasbiy tayyorgarligiga, ish tajribasiga, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mos keladigan, yashash joyini o‘zgartirishini nazarda tutmaydigan, uning doimiy yashash joyidan unchalik uzoq bo‘lmagan hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqini kafolatlaydigan ish;

mehnat organlari — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy mehnat organlari deb yuritiladi), tumanlar (shaharlar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari (bundan buyon matnda mahalliy mehnat organlari deb yuritiladi);

mehnat resurslari — mehnatga layoqatli yoshdagi, mehnatga layoqatli aholi hamda band bo‘lgan, mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta shaxslar;

mehnat resurslari balansi — mehnat resurslarining sonini va tarkibini, shuningdek ularning band bo‘lgan, band bo‘lmagan va iqtisodiy jihatdan faol bo‘lmagan aholiga taqsimlanishini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi;

pensiyaoldi yoshi — shaxsning davlat tomonidan belgilangan pensiyaga chiqish yoshidan ikki yil oldingi yoshga to‘lishi;

haq to‘lanadigan jamoat ishlari — buyurtmachilar-ish beruvchilar — mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tadbirkorlik subyektlari, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan, qoida tariqasida, dastlabki kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan, ijtimoiy foydali yo‘nalishga ega bo‘lgan hamda ish qidirayotgan shaxslarning va ishsiz shaxslarning vaqtincha bandligini ta’minlash uchun mahalliy mehnat organlari tomonidan beriladigan ishga joylashtirishga doir yo‘llanmalar bo‘yicha bajariladigan vaqtinchalik mehnat faoliyati turlari;

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi — mehnat bozori va bandlik, mehnat resurslari balansi, tashkil etilayotgan ish o‘rinlari haqidagi xolis, muntazam yangilab boriladigan ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan, ish beruvchilar va xodimlarga mehnat munosabatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, ishga joylashishning shaxsga doir tarixi, bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari, xodimlarning son va sifat tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish hamda saqlash uchun maydoncha taqdim etadigan elektron axborot tizimi.