Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Yarmarka tashkil etildi

error

2023-01-09

Joriy yilning 09-yanvar kunida Qarshi shahridagi Ishga marhamat Monomarkazida Qashqadaryo viloyati hokimligi Qashqadaryo viloyat Mudofaa boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda 2022 yil oliy va o‘rta ta’lim muassasalarini tugatgan yoshlar, Ishsiz xotin-qizlar, Xarbiylarning oilalari, jazo muddatini o‘tab kelgan fuqarolar, shuningdek ishsiz va ishga muxtoj fuqarolarning bandligini ta’minlash hamda ularni tadbirkorlikka ko‘maklashish maqsadida “BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI”  tadbiri o‘tkazildi, mazkur tadbirda Qashqadaryo viloyatidagi tuman (shahar)lardagi tashkilot va korxonalar hamda muassasalar tomonidan taqdim etilgan 178 ta tashkilotlardan 1256 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi,

Ushbu bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 347 nafar fuqarolar ishtirok etdi.

Shundan 121 nafari Xotin-qizlar, 156 nafari yoshlar ishtirok etdi

68 nafariga tashkilot va korxonalar tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi.

75 nafari Qarshi shahridagi kasb-hunar o‘qitish markaziga o‘zilari xoxlagan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kursiga yo‘llanmalar berildi.

35 nafar fuqaroning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topguniga qadar tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazilari tomonidan ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatgan olindi va belgilangan tartibda ishsizlik nafaqasi tayinlanishi tushuntirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019 yil 10 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 19-2019-B sonli buyrug‘i (AV ro‘yxat raqami №3163, 31 mart 2019 yil) Nizomi tushunchalar berildi.

67 nafariga mehnat qonunchiligi, tadbirkorlik boshlash hamda xorij davlatlarga ishlash istagi fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha tushunchalar berildi,  

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi                   PQ-3856-sonli hamda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 07 martdagi PQ-4231-sonli qarorini “Aholini bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bandlari hamda 2019 yil 24 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan PQ-4498 sonli qarori  Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlari tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Qarshi shahridagi banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilayotganligi tushuntirildi.