Yangiliklar
Yangiliklar
2022-12-09
Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Bandlik Bosh boshqarmasi va Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi hamkorligida ichki ishlar xizmatchilari oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning band bo‘lmagan turmush o‘rtoqlari va voyaga yetgan farzandlarini kasbiy qiziqishlari va layoqatlarini inobatga olgan holda Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida kasbga tayyorlashga yo‘naltirish bo‘yicha tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida monomarkaz direktori Z.Sadullayeva tomonidan monomarkazda yaratilgan shart-sharoitlar, kasblarga tayyorlash, xorijiy til va tadbirkorlik kurslari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida tomonlar o'zaro hamkorlik yuzasidan memorandum imzoladilar.