Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bugun, Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayramga atab qandolatchi kasbi muhandis ustasi va tinglovchilar tomonidan bayrog'imiz ifodalangan bayram torti tayyorlandi.

error

2022-11-18

ta tongdan monomarkaz direktori boshchiligida jamoa a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi ijro etilib, Vatanimiz bayrog‘i baland ko‘tarildi. Tadbir davomida 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi kuni bayrami bilan jamoa a’zolari muborakbod etilib, bayroq ranglari va davlat ramzlariga nisbatan hurmat tuyg‘ularini yanada yuksaltirish to‘g‘risida so‘z yuritildi.Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi.  Buyuk ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ardoqlaganlar, ko‘z qorachig‘idek asraganlar.