Yangiliklar
Yangiliklar
2022-10-03
Paxta mavsumida fuqarolar o‘rtasida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va voyaga yetmaganlarni paxta terim ishlariga jalb etmaslik, xavfsiz hamda munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
“Munosib mehnat sharoitlarida ishlash va majburiy mehnatga yo‘q deyish sizning huquqingizdir” sarlavhasi bilan bannerlar viloyatning har bir tumanida aholi gavjum joylariga ilindi. “Xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha ish beruvchilarga tavsiyalar” nomli bukletlar, “Paxta terimida qatnashing va daromadga ega bo‘ling” va “Bolalar mehnati” nomli flayerlar aholiga tarqatilib, ularga tushunchalar berib borilmoqda.
Paxta terimi davom etayotgan dalalarda yaratilgan sharoitlar Qashqadaryo viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlari hamda tuman (shahar) Aholi bandlikka ko‘maklashish markazlari xodimlari tomonidan nazoratga olingan.