Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"Paxta - 2022" mavsumida majburiy mehnatga qarshi qator ishlar bajarilmoqda.

error

2022-09-28

Viloyat Bandlik bosh borqarmasi paxta mavsumida fuqarolar o‘rtasida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va voyaga yetmaganlarni paxta terim ishlariga jalb etmaslik, xavfsiz hamda munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha bir qancha choralarni ko‘rmoqda.

Xususan, boshqarma tizimida ishchi guruhlar tashkil etilib, paxta terimi olib borilayotgan hududlarda, tashkilot va ta’lim muassasalarida monitoring ishlarini olib borish tartibi yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, targ‘ibot tadbirlari doirasida aholi gavjum joylarga “Munosib mehnat sharoitlarida ishlash va majburiy mehnatga yo‘q deyish sizning huquqingizdir” sarlavhasi bilan bannerlar joylashtirildi. “Xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha ish beruvchilarga tavsiyalar” nomli bukletlar, “Paxta terimida qatnashing va daromadga ega bo‘ling” va “Bolalar mehnati” nomli flayerlar aholiga tarqatilib, ularga tushunchalar berib borilmoqda.

“Paxta-2022” mavsumida ishtirok etayotgan viloyat aholisining ishsiz va band bo‘lmagan qatlamiga xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida dalalarda yaratilgan sharoitlar, yuvinish, yotoq va ovqatlanish joylari sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq bo‘lishi, tibbiy xizmat ko‘rsatish xodimi va birinchi yordam ko‘rsatish dori-darmon vositalari bilan ta’minlanishi nazoratga olingan.

Viloyatda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va uning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasi o‘laroq Bandlik bosh boshqarmasi tizimiga paxta terimi boshlanganidan buyon murojaatlar kelib tushmagan.

Bu boradagi targ‘ibot-tashviqot davomida, tegishli mutasaddi tashkilot va muassasa rahbarlari majburiy mehnatga jalb qilgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda jazo choralari ko‘rilishi haqida ogohlatirilmoqda.