Yangiliklar
Yangiliklar
2022-09-22
Kasbi tumanida Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi, Viloyat davlat soliq boshqarmasi, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish viloyat boshqarmalari ma’sullari tomonidan mahallalardagi hokim yordamchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda "Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarorining mazmun-mohiyati tushutirildi.
Mahallalarda ishsizlikni kamaytirish va norasmiy bandlik ulushini qisqartirish uchun 2022-yil 1-noyabrdan boshlab o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari va ularga yaratilgan qo‘shimcha imtiyozlar, shuningdek, tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratilishi tushuntirildi.