Yangiliklar
Yangiliklar
2026-05-19
#Xalqaro_hamkorlik
Yaponiya bilan bandlik va mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
🟢Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Muxammadiyev boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyada xizmat safari bilan bo‘lib turibdi. Mazkur delegatsiya tarkibida Qarshi shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazi rahbari N.Nazarova ham ishtirok etmoqda.
✔️Tashrif dasturi doirasida delegatsiya a’zolari Tochigi va Ibaraki prefekturalarida qator uchrashuv va o‘rganishlarda ishtirok etmoqda. Xususan, Tochigi prefekturasi hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari bilan muzokaralar olib borildi.
✔️Shuningdek, delegatsiya Utsunomiya, Nikko, Tsuchiura hamda Tsukuba shaharlarida bo‘lib, migrantlar uchun yaratilgan sharoitlar, mehnat jarayonlari, xizmat ko‘rsatish tizimi hamda kasb-hunar ta’limiga oid amaliy tajribalarni o‘rgandi.
✔️Tashrif davomida yapon kompaniyalari, texnik xizmat ko‘rsatish markazlari, kasb-hunar kollejlari hamda ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, xorijiy mehnat migratsiyasini samarali tashkil etish, fuqarolarni kasbga tayyorlash va ularni manzilli ish bilan ta’minlash bo‘yicha ilg‘or tajribalar tahlil qilindi.
Uchrashuvlar davomida yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Asosiy e’tibor fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, zamonaviy yo‘nalishlarda malaka oshirish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlashga qaratildi.