Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Kasb va mehnat sari katta imkoniyatlar kuni

error

2026-05-15

Qashqadaryo viloyat hokimligi, viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mehnat bozoridagi imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida keng ko‘lamli mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir davomida ish beruvchi tashkilot va korxonalar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilib, fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar yo‘lga qo‘yildi hamda bandlik imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga kasbga o‘qitish yo‘nalishlari, zamonaviy mehnat bozori talablari va yangi kasblarni egallash imkoniyatlari bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

Mazkur yarmarka hududda bandlikni oshirish, barqaror daromad manbalarini yaratish, yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy faollikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.