Yangiliklar
Yangiliklar
2022-09-21
☑️ Dehqonobod, G‘uzor, Chiroqchi, Ko‘kdala, Yakkabog, Kitob, Shahrisabz tumanlari hamda Shahrisabz shahrida mahallalardagi hokim yordamchilari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etildi.
O‘quv-seminarda "Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi PQ-366-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushutirildi.
Mahallalarda ishsizlikni kamaytirish va norasmiy bandlik ulushini qisqartirish uchun 2022 yil 1 noyabrdan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari va ularga yaratilgan qo‘shimcha imtiyozlar, shuningdek, tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlik subyektlariga hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan subsidiya ajratilishi aytib o‘tildi.