Yangiliklar
Yangiliklar
2026-05-13
Qashqadaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyatida yuz bergan 2025-yil 25-sentabr kungi baxtsiz hodisa yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, jamiyatning navbatchi konveyer mashinisti Umbarov Yo‘lchi Gulmaxmatovich bilan sodir bo‘lgan mazkur holat yuzasidan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va salomatlikka boshqa zarar yetkazilishi to‘g‘risida”gi N-1 shaklidagi dalolatnomani rasmiylashtirish masalasi yuzasidan javobgar tashkilot rahbari zimmasiga majburiyat yuklash hamda yetkazilgan ma’naviy zarar undirish bo‘yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.
Hozirda mazkur fuqarolik ishi sud tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi mazkur jarayon yakunlari yuzasidan sud qaroriga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qiladi.