Yangiliklar
Yangiliklar
2026-05-12
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani IIBning 2026-yil 1-apreldagi 54/50-1951-sonli xatiga ko‘ra, fuqaro S. Salomovning arizasi asosida (ishdan bo‘shash holati yuzasidan) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan, fuqaroning vaqtinchalik qamoqqa olinishi hamda boshqa protsessual harakatlar vakolatli organlar tomonidan amaldagi qonunchilik talablari asosida amalga oshirilayotganini bildiramiz.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lim boshlig‘i B. Abdiyevaga nisbatan bildirilayotgan ayblovlar yuzasidan tegishli huquqiy baho vakolatli organlar tomonidan beriladi.
Barchadan tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni hamda tergov yakunlari bo‘yicha rasmiy xulosalarni kutishni hurmat bilan so‘raymiz.