Yangiliklar
Yangiliklar
2026-04-01
Qamashi tumani Qo‘ng‘irot MFY O‘lmas qishlog‘ida yashovchi fuqaro Miyliqulova O‘ldonning 23.03.2026 sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ijtimoiy tarmoq orqali yo‘llagan murojaati belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.
O‘rganish jarayonida fuqaroning qizi hozirgi kunda tumandagi xususiy korxonada ish bilan band ekani aniqlandi. Fuqaroga tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda kvota asosidagi ishlar taklif etildi. Biroq, qizining sog‘lig‘i (ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq holat) sababli ushbu ishlar rad etildi.
Fuqaro tomonidan mazkur holat yuzasidan e’tiroz bildirilmadi hamda ko‘rsatilgan e’tibor va o‘rganish ishlari uchun minnatdorlik bildirildi.
Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing