Yangiliklar
Yangiliklar
2026-03-13
“Yoshlar kuni” – ochiq muloqot va amaliy yechimlar maydoni
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirliklar, idoralar va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan. Mazkur tashabbus yoshlarning muammo va takliflarini bevosita eshitish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda hayotda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashishga xizmat qilmoqda.
✅ Ushbu tashabbus doirasida Qashqadaryo viloyatida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda Qarshi shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
✅ Uchrashuvda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xumoyun Eshboltayev hamda Qarshi shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazi direktori Nilufar Nazarova ishtirok etdi.
Mazkur tadbir faoliyat yuritayotgan yoshlarning kasbiy salohiyatini yanada mustahkamlash, ularning mehnat samaradorligini oshirish va kelgusidagi rivojlanish rejalari yuzasidan ochiq muloqot maydoniga aylandi. Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilinib, taklif va tashabbuslari tinglandi hamda amaliy tavsiyalar berildi.