Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Mahallada tashabbus va daromad: quyonchilikdan savdogacha

error

2026-03-12

                                                Mahallada tashabbus va daromad: quyonchilikdan savdogacha

📍Qarshi shahri Bo'ston mahallasida istiqomat qiluvchi Raʼno Abdujalilova mahallasidagi hokim yordamchisi tavsiyasi bilan “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 33 million soʻm imtiyozli kredit olib, quyonchilik faoliyatini yoʻlga qoʻydi.

– Boshida ikkilanishlar boʻldi. Lekin quyonchilikni oʻrganib chiqqanimdan soʻng bu ish oilamiz uchun eng maqbul yoʻnalish ekaniga ishondim. 

🐇Hozir 100 ga yaqin zotli quyonlarim bor. Daromadimiz ham barqarorlashdi, eng muhimi, oʻz mehnatimiz samarasini koʻryapmiz, – deydi tadbirkor.

▫️ Shuningdek, mahallada aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib savdo va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida ham yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.