Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Yoshlar bandligi – ustuvor vazifa

error

2026-03-11

                                                                  Yoshlar bandligi – ustuvor vazifa

📍Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i F.Muxammadiyev Dehqonobod tumani Boshchorbog‘ mahallasida yashovchi o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔹Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda yoshlarning bugungi hayoti, ularni qiynayotgan masalalar hamda kelgusidagi rejalari atroflicha o‘rganildi. Har bir murojaat yuzasidan aniq yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

✅Muloqot davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish, tadbirkorlikka yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha malaka berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, dual ta’lim va ustoz-shogird tizimi asosida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Yoshlarning jamiyatda munosib o‘rin egallashi, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash boshqarma faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.