Yangiliklar
Yangiliklar
2026-03-10
Axborot siyosatida yangi bosqich: seminar-trening bo‘lib o‘tdi
📅 16–17-fevral kunlari Qarshi shahrida UNESCO hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi hamkorligida viloyatdagi matbuot kotiblari uchun “Strategik kommunikatsiyalar va axborotdan foydalanish imkoniyati” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
📝 Mazkur o‘quv dasturi axborot xizmatlari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish hamda jamoatchilik bilan ochiq va tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishga qaratildi.
📝 Seminar davomida Ispaniya va Ukrainadan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar tomonidan strategik kommunikatsiyalarni rejalashtirish, inqirozli vaziyatlarda axborot berish, tezkor va ishonchli ma’lumot tarqatish, shuningdek, davlat organlarining ochiqlik siyosatini kuchaytirish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
✍️ Tadbirning asosiy maqsadi — fuqarolarning xalqaro standartlarga muvofiq axborot olish huquqini ta’minlash, davlat tashkilotlarida shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash hamda strategik kommunikatsiya mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.