Yangiliklar
Yangiliklar
2026-03-09
40 sotixda qulupnay yetishtirayotgan tadbirkor
Qamashi tumanining Mayda mahallasida yashovchi tadbirkor Shodiyor Jo‘rayev o‘z tomorqasida 40 sotix maydonda qulupnay yetishtirib, samarali faoliyat yuritmoqda. (https://t.me/kamashi24/42881)
U Turkiyada bo‘lib, qulupnay yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyalari bilan yaqindan tanishdi va ilg‘or tajribani o‘z xonadonida amaliyotga joriy etdi. Natijada hosildorlik oshib, mahsulot sifati yanada yaxshilandi.
Ayni paytda tadbirkor oktabr–may oylarida issiqxonada, mart–avgust oylarida esa ochiq maydonda qulupnay yetishtirib, yil davomida uzluksiz hosil olishga erishmoqda. Yetishtirilgan mahsulotlar mahalliy bozorlarga yetkazib berilib, aholini sifatli va yangi qulupnay bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.