Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-27
Ijtimoiy tarmoqlarda “Indorama Agro” MChJ XK faoliyati yuzasidan tarqalgan xabarlar yuzasidanquyidagilarni ma’lum qilamiz.
Fuqarolarni majburiy mehnatga noqonuniy jalb etish yoki xodimlarning mehnat faoliyatiga har qanday shaklda to‘sqinlik qilish amaldagi qonunchilik talablariga zid hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 51-moddasiga muvofiq, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanadi. Shuningdek, mehnat qonunchiligi talablarini buzish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib borildi. Natijalariga ko‘ra, “Indorama Agro” MChJ XK ma’muriyatiga amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan ogohlantirish berildi hamda ijrosi majburiy bo‘lgan “Yozma ko‘rsatma” rasmiylashtirildi.