Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-30
Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz shahar “G‘alaba” MFY, Ipak yo‘li ko‘chasi 6-uy 12-xonadonda yashovchi, 2-guruh nogironi fuqaro N.Karimovaning o‘zining ijtimoiy og‘ir ahvolda ekanligini ma’lum qilib, sog‘lig‘iga mos ish bilan ta’minlash bo‘yicha murojaati qoldirilgan.
Mazkur murojaat hududiy bandlik bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilib, fuqaroga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, shuningdek, subsidiya va kredit mablag‘lari asosida bandlikni ta’minlash imkoniyatlari taklif etilgan.
Biroq fuqaro sog‘ligi bilan bog‘liq holatlar sababli ushbu takliflarni rad etgan. Shuningdek, fuqaro kelgusida kasbga o‘qitish kurslarida tahsil olish niyati borligini, ammo joriy yilning 15-fevraliga qadar ushbu o‘quvlarda qatnashish imkoniyati mavjud emasligini ma’lum qilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, fuqaroning murojaati hududiy bandlik bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda batafsil o‘rganib chiqilgan.