Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-28
Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori hamda 2026-yil 23-yanvar kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida (https://t.me/Press_Secretary_Uz/6889) belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida Zoom platformasi orqali yig‘ilish o'tkazildi.
Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar muhokama markazida bo‘ldi. Jumladan:
• mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha manzilli va natijaga yo‘naltirilgan ishlarni kuchaytirish;
• har bir oila bilan individual ishlash orqali barqaror daromad manbalarini yaratish;
• tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kredit va subsidiyalarni maqsadli va shaffof yo‘naltirish;
• bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash tizimini real ehtiyojlardan kelib chiqib tashkil etish;
• mas’ul xodimlarning shaxsiy javobgarligini oshirish hamda ijro intizomini qat’iy ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, selektorda berilgan topshiriqlarga muvofiq har bir hudud, mahalla va yo‘nalish kesimida aniq rejalar ishlab chiqish, natijadorlikni kundalik monitoring qilish vazifalari belgilandi.
Yig‘ilish yakunida barcha mas’ullarga topshiriqlar ijrosini sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.