Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#roʻyxatga_olish_2026

error

2026-01-21

❓ Savol: Men ijarada yashayman. Yaqinda ijarachi menga telefon qilib ushbu manzildan ro‘yxatdan o‘tmang deb telefon qildi. Shunda men doimiy yashash joyimdan ro‘yxatdan o‘tamanmi?

✅ Javob: Agar siz ijarada yashayotgan bo‘lsangiz, aholi ro‘yxatidan ayni paytda yashab turgan — ya’ni ijaradagi manzilingiz bo‘yicha o‘tishingiz kerak.

Ijarachining “bu manzildan ro‘yxatdan o‘tmang” degani ro‘yxatga olish talablarini bekor qilmaydi. Shaxs real qayerda yashayotgan bo‘lsa, o‘sha manzil bo‘yicha hisobga olinadi — mulk kimga tegishli ekani muhim emas.

Bu hududda haqiqiy aholi sonini; Ijtimoiy infratuzilmaga bo‘lgan real ehtiyojni (maktab, bog‘cha, shifoxona, transport) aniqlash uchun zarur.

Shu bois fuqarolardan savolnomani to‘liq, aniq va xolis to‘ldirishlarini, shuningdek, ushbu jarayon haqida yaqinlarini ham xabardor qilishlarini so‘raymiz. Ro‘yxatga olish belgilangan muddatlarda davom etadi.