Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-20
Hurmatli hokim yordamchilari!
Joriy yilning 15-yanvar kunidan boshlab mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi. Ushbu muhim davlat tadbiri ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni puxta rejalashtirish, aholi turmush darajasi hamda qishloq xo‘jaligi salohiyatini chuqur tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur muhim jarayonning samarali va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida, sizlardan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida faollik, tashabbus va yuksak mas’uliyat bilan ishtirok etishingizni, shuningdek, mahallalardagi fuqarolar o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirib, ularga amaliy yordam ko‘rsatishingizni so‘rayman.
Xususan:
• fuqarolarni census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali ONEID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishga faol jalb etish;
• aholiga ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, ahamiyati va tartibini tushuntirish;
• jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savollar bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish.
Har bir fuqaroning mazkur jarayondagi faol ishtiroki kelajakdagi taraqqiyotimiz uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, ushbu tadbirga mas’uliyat bilan yondashib, belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashingizni so‘rayman.
Hurmat bilan,
F.Muxammadiyev
Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i