Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati hokimi Farmoyishi

error

2026-01-18

Bunaqasi bo‘lmagan!Tez ushbu xabarni tashkilot, boshqarma va mahallalarni telegram gruppasiga tashlab qo‘yamiz.

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarida faol ishtirok etgan hududlar va soha mutaxassislarini 5 ta yo‘nalishdagi tashabbuslar bo‘yicha taqdirlash amalga oshirilsin.

2. Belgilansinki:

1-tashabbus - aholisini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishda eng yaxshi natija qayd etgan 2 ta tuman, shahar hokimliklari uchun infratuzilma 
tarmog‘ini yaxshilash maqsadida viloyat mahalliy budjetidan 2,0 (ikki) milliard so‘mdan mablag‘ ajratish;

2-tashabbus - “Biz kelajagimizga befarq emasmiz“ g‘oyasi asosida so‘rovnomani to‘liq ONLAYN tarzda yakunlagan 3 ta mahallada ehtiyoji bo‘yicha
 infratuzilma tarmog‘ini yaxshilash uchun 1 kilometr yo‘l, elektr energiyasini yaxshilash uchun transformator, piyodalar yo‘lakchalari va ministadion kabi mahallani qiyofasini o‘zgartiruvchi ishlarni tashkil etish;

3-tashabbus. Ro‘yxatga olish jarayonini birinchilardan bo‘lib yakunlagan 3 ta eng ilg‘or “Mahalla yettiligini Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya kabi xorijiy
 davlatlarga shaharsozlik qiyofasini o‘rganish, yashil energiya afzalliklari, chiqindidan foydalanish, ko‘chalarda yashil makonni yaratish, kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, ayollar va yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha tajriba almashuvga yuborish;

4 tashabbus. Eng faol maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan tashkilot rahbarlarini 2 tadan hududiy bo‘lim boshliqlarini tajriba almashuv va malaka oshirishlari uchun
 xorijiy davlatlarga xizmat safariga yuborish;

tashabbus. Eng faol sog‘liqni saqlash hududiy bo‘limi yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan tashkilot rahbarlarini 2 tadan hududiy bo‘lim boshliqlarini tajriba almashuv va malaka oshirishlari uchun xorijiy davlatlarga xizmat safariga yuborish ishlari amalga oshirilsin.Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarida faol ishtirok etgan hududlar va soha mutaxassislarini 5 ta yo‘nalishdagi tashabbuslar bo‘yicha taqdirlash amalga oshirilsin.