Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — yurtimiz kelajagi uchun muhim qadam.

error

2026-01-17

2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar bo‘lib o‘tadigan ushbu jarayon orqali biz — har bir fuqaro sifatida — aniq va ishonchli statistika shakllantiramiz. Bu esa davlat dasturlarini to‘g‘ri rejalashtirish, maktablar, shifoxonalar, infratuzilma hamda kichik tadbirkorlikni yanada samarali rivojlantirishga xizmat qiladi.

Sizning ishtirokingiz — bu shunchaki anketa emas, balki katta o‘zgarishlarning muhim qismi. Birgalikda jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy holatini real raqamlar asosida belgilaymiz.

“Birga ro‘yxatdan o‘tamiz — birga kelajakni quramiz!”

Ro‘yxatdan o‘tish — bugungi kundagi mas’uliyatimiz, ertangi taraqqiyotimizning mustahkam asosi. Men Qashqadaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Muxammadiyev, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonidan oila a’zolarim bilan birgalikda birinchilardan bo‘lib ro‘yxatdan o‘tdim. Siz-chi?