Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-09
Kasbi tumani Denov mahallasida istiqomat qiluvchi Qo‘ziboy ota Mirzoqulov tomorqasidan unumli foydalanib, oilaviy daromadni oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. (https://t.me/kasbitumanuz/7162)
Otaxon tomorqasidagi 4 sotix maydonda ikkita issiqxona barpo etib, har biri 2 sotixdan bo‘lgan issiqxonalarda turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirmoqda. Xususan, issiqxonalarning birida 16 tup limon, 2 tup apelsin va 3 tup mandarin ko‘chatlari parvarishlanib, shuningdek atirgul va limon ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Limonlardan mo‘l hosil olinib, daromad ham barqaror bo‘lib bormoqda.
“Issiqxonalarda yil davomida ko‘k piyoz, ismaloq va petrushka yetishtiramiz. Hozirda issiqxonalarning birida ismaloq ekilgan bo‘lib, fevral oyida uning o‘rniga bodring ekishni rejalashtiryapman”
, — deydi Qo‘ziboy ota.
Issiqxonalarda bir qarich ham bo‘sh joy yo‘q. Otaxon 100 donadan ortiq qoplarda kartoshka yetishtirib, mavsum davomida 350–400 kilogramm hosil olmoqda. Ushbu mahsulotlar qo‘shni qishloq bozorlarida ham sotilmoqda.
Qo‘ziboy ota kelgusida issiqxonani kengaytirib, banan va boshqa tropik mevalar ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.