Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

MIB: Fuqarolarimiz ijtimoiy tarmoqlar orqali kelayotgan xabarlardan ogoh bo'lishi lozim

error

2025-12-13

MIB (https://t.me/mib_faoliyatidan/15727): Fuqarolarimiz ijtimoiy tarmoqlar orqali kelayotgan xabarlardan ogoh bo'lishi lozim

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ayrim fuqarolarimizga (ism-sharifi va xatto pasport raqamlari bilan) go'yoki, Majburiy ijro byurosi nomidan ijro xujjati yoki qarzdorlik haqidagi yuborilayotgan xabarlar feyk hisoblanadi.

Ushbu xabar va "apk" ilovalari aslida firibgarlarning aldov yo'li bo'lib, ilova yuklab olinganda, sizga tegishli plastik kartochka ma'lumotlari va pul mablag'i qo'lga kiritilishi ham mumkin.

Majburiy ijro byurosi nomidan ijro xujjatlari va qarzdorliklar bo'yicha xabarlar fuqarolarimizga mobil SMS ko'rinishida hamda alohida "MIB" info nomerik yordamida beriladi.

Ijro ishi yoki qarzdorlik haqidagi ma'lumotlarni olishda, Byuroning rasmiy www.mib.uz veb-sayti hamda Byuroning "Google PlayMarket" AppStore" tizimlaridagi Android yoki IOS rasmiy mobil ilovasidan foydalaning.

Ogoh bo'ling, shaxsingizga oid ma'lumotlarni begona shaxslardan ehtiyot qiling!

Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️