Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-12
Tomorqadagi 1,5 sotix maydonning o‘zidan 100 mln so‘mgacha daromad
Shahrisabz tumani, "Xojimaydon" mahallasida yashovchi Oybek Mavlonov o‘z tomorqasidan samarali foydalanish borasida namuna ko'rsatmoqda. Atigi 1,5 sotix issiqxonada u tropik va subtropik mevalar va ko‘chatlarini mahalliy bozorlarga yetkazib bermoqda.
Issiqxonada guava, papaya, laym, feyxoa, Eron va Misr mandarini, banan, zaytun, kumkuat, medovka, Eron apelsini, Xitoy limoni, tiyarqa mandarini kabi noyob mevalar muvaffaqiyatli yetishtirilmoqda (https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi/49442).
Mavlonov Oybekning ta’kidlashicha, issiqxona yil davomida barqaror ishlaydi va 1,5 sotix maydonning o‘zidan o‘rtacha 100 million so‘mgacha daromad olish imkonini bermoqda. Mazkur tajriba tomorqadan oqilona foydalanib, barqaror daromad topishning amaliy misoli sifatida boshqa mahallalar uchun ham o‘rnak bo‘lib xizmat qilmoqda.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️