Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi”

error

2025-12-03

Qarshi shahridagi viloyat musiqali drama teatrida 3-dekabr - “Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni” munosabati bilan “Yurtimizda har bir inson hamisha mehr va e’tiborda!” shiori ostida xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi.  (https://t.me/qvh_axboroti/42504) Shu maqsadda imkoniyati cheklangan shaxslarning ijodiy ishlari, qo‘l mehnatidan yaratilgan mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi va viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida inklyuziv auksion tashkil etilib, bu orqali ularning iste’dodini keng jamoatchilikka tanishtirish, mehnatlariga munosib baho berish hamda daromad topishlariga ko‘maklashish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan nogironligi bo‘lgan insonlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, tadbir badiiy chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi hamda ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.