Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-29
Sarbazor mahallasida o‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, yil boshidagi 242 ta oila (23,8%) ko‘rsatkichi bugungi kunda 102 ta oila (10,8%)ga kamaydi.
Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i F.Muxammadiyev joyiga chiqib, mavjud holatni ko‘rib chiqdi va zarur manzilli ko‘mak choralarini belgiladi.
Asosiy natijalar:
— 11 ta oila “qizil”, 91 ta oila “sariq” toifada;
— 102 ta oiladagi 132 nafar mehnatga layoqatli fuqaroning 102 nafari band;
— 75 ta oilaning daromadi oshgan;
— 18 nafar fuqaro ishga joylashtiriladi;
— 10 nafar uchun 148 mln so‘m imtiyozli kredit tavsiya qilindi;
— 30 nafarga subsidiya, 7 nafarga ssuda kerakligi aniqlangan;
— 25 nafar fuqaro reyestrdan chiqarildi.