Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-26
Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) hamkorligida hokim yordamchilari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurash, terrorizm va ekstremizmning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda boshqarma bosh mutaxassisi S.Norqulov hokim yordamchilari institutining daromad manbalarini oshirish, imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanishni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishdagi vazifalari yuzasidan ma’ruza qildi.
Shuningdek, online-mahalla.uz, abkm.mehnat.uz va my.mehnat.uz platformalari orqali 27 turdagi xizmatlarning raqamlashtirilgani, jarayonlarning shaffofligi va aholiga qulaylik yaratish masalalari muhokama qilindi.