Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Talimarjon shaharchasida parrandachilik va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari rivojlanmoqda

error

2025-11-17

Talimarjon shaharchasida parrandachilik va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari rivojlanmoqda

Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i F.Muxammadiyev shahar hokimi M.Rahimqulov bilan birgalikda Obod mahallasida tashkil etilgan parrandachilik faoliyati bilan tanishdi.

Mahalladagi hokim yordamchisi Sh.Xonnazarov tavsiyasiga asosan yosh tadbirkor Shohrux Qurbonovga 100 million so‘m imtiyozli kredit ajratilib, parrandachilik xo‘jaligi yo‘lga qo‘yildi.

Hozirda xo‘jalikda 5 000 ta jo’janing 31 kunlik partiyasi parvarish qilinmoqda. Jarayon belgilangan texnologiya asosida davom etmoqda. Xo‘jalikda 5 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.

Tadbirkor faoliyatini kengaytirish niyatida bo‘lib, kelgusida 10 nafar fuqaroni band qilish rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan u boshqarma rahbariga qo‘shimcha kredit ajratish bo‘yicha taklifini taqdim etdi.

Boshqarma boshlig‘i F.Muxammadiyev 100 million so‘m imtiyozli kredit ajratilishi bo‘yicha tegishli topshiriqlarni hokim yordamchisi va bandlik bo‘limi rahbariga berib, jarayon shaxsan uning nazoratida bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, shaharcha markazida imtiyozli kredit asosida xarid qilingan elektro rikshalar faoliyati bilan ham tanishildi.