Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-14
Yertepada ayollar mehnati — daromad va farovonlik manbai
Qarshi tumanining Yertepa mahallasida faoliyat yuritayotgan “Ro‘ziyeva Dilafro‘z Mannonovna” oilaviy korxonasi bugun 7 nafar xotin-qiz uchun barqaror ish o‘rni yaratgan.
Ayollar bu yerda turli xil shirinliklar va pishiriqlar tayyorlab, ularni ichki bozorga, savdo do‘konlariga hamda to‘y marosimlariga yetkazib berishmoqda. Korxona har oyda 20 million so‘mdan ortiq daromad ko‘rmoqda, ishchi ayollar esa 1,5 – 2,5 million so‘m oylik maosh olmoqda.
Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i F.Muxammadiyev hamda tuman bo‘limi rahbari N.Qo‘ldoshov korxona faoliyatini o‘rganib, ayollar bandligini kengaytirish bo‘yicha takliflar berdi.
Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing