Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-11
Xususan, mahalladagi tadbirkor Vazira Rahimova hokim yordamchisi tavsiyasi asosida imtiyozli kredit olib, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik faoliyati bilan shug'ullanmoqda. Bu orqali o‘zi, turmush o‘rtog‘i hamda yana 2 nafar ishsiz ayolning bandligini ta’minlagan.
🔹 Mahallada faoliyat yuritayotgan “Muhammad Nur” MCHJ tomonidan yumshoq o‘yinchoqlar ishlab chiqarilmoqda va korxonada 20 nafardan ortiq ishsiz xotin-qizlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘lgan.
🔹 Shuningdek, “Urintosh mebellari” xususiy korxonasi tomonidan mebel, sandiq va xontaxta mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 3 nafar ishsiz fuqaro daromadli mehnat bilan band qilingan.
O‘rganishlar davomida ehtiyojmand oilalarning sharoitlari bilan yaqindan tanishilib, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish va tadbirkorlikni ommalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.