Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-06
Bayram arafasida Qashqadaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i F.Muxammadiyev Qamashi tumanining Oynako'l mahallasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi.
Mazkur oilalarga Prezidentimizning 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risidagi PQ-330-son (https://lex.uz/docs/7109778) qaroriga asosan, mazkur fuqarolar va ularning oila-aʼzolari bandligini taʼminlash orqali daromadini oshirish, kambagʻallikdan chiqarish maqsadida subsidiya asosida asbob-uskunalar taqdim etilgan.
Ularning muammolari doimiy ravishda o'rganilib, farovon hayot kechirishlari uchun zarur choralar ko'rilmoqda.
Shuningdek, Qurbon hayiti munosabati bilan B.Ashurova, M.Ergashova, J.Xushatov, S.Nazarova hamda Q.Qoʻlatovaning oilalariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib, ezgu tilaklar bildirildi.