Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bugungi kunda mahalla yettiligi tizimida faoliyat olib borayotgan, Salohiyatli va Istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilgan davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida “Bilimlar bellashuvi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

error

2025-06-02

Tanlovda “Hokim yordamchilari”, “Yoshlar yetakchilari”, “Xotin-qizlar faollari” hamda “Ijtimoiy himoya zukkolari” jamoalari ishtirok etib, bilim va intellektual salohiyat borasida o‘zaro bellashdilar.

Mazkur tanlov davlat fuqarolik xizmatida faoliyat yuritayotgan xodimlarning bilim va malakasini oshirish, ularning liderlik salohiyatini yuzaga chiqarish, jamoatchilik oldida o‘zini namoyon eta olish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🏆 Tanlovda “Hokim yordamchilari” faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.