Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-26
Nishon tumanida yangi imkoniyatlar yaratilmoqda
📍Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Muxammadiyev tomonidan Nishon tumani Ko‘ksoy MFYdagi Xitoy qishlog‘ida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining ijrosi o‘rganildi.
Prezidentimizning 330-sonli qarori asosida amalga oshirilgan chora-tadbirlar doirasida:
🔺 Hududda 4 ta suv nasosi qurilib, har biriga 50 kVt dan — jami 200 kVt quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatildi;
🔺 Aholi xonadonlarida dorivor o‘simlik — kavrak yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tashabbus ayniqsa, Dehqonobod tumanidan ko‘chib kelgan fuqarolar uchun barqaror daromad manbai bo‘lmoqda;
🔺Shuningdek, aholi tomorqalariga daromadbop ekinlar yetishtirish keng targ‘ib etilmoqda.
Ushbu amaliy ishlar kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash va ularning turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.