Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-22
Mehnat inspeksiyasi faoliyatida zamonaviy texnologiyalar: Qashqadaryoda yangi bosqich boshlandi
🖥 Mehnat inspeksiyasi faoliyatida qonunbuzilish holatlarini aniqlash va ularni joyida hal etishda shaffoflik hamda tezkorlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yilga mo‘ljallangan "Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yo‘l xaritasi" doirasida Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlariga 24 dona zamonaviy planshet topshirildi.
⚡️Endilikda inspektorlar huquqbuzarlarga nisbatan tezkor chora ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Planshetlarga o‘rnatilgan avtomatik joylashuv tizimi orqali inspektorning harakati “situatsion markaz” tomonidan onlayn kuzatib boriladi, bu esa faoliyatning shaffofligini yanada oshiradi.
⚡️Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i F.Muxammadiyev hamda viloyat prokuraturasi vakili Sh.Sanayev planshetlarni o‘z egalariga topshirarkan, tizim samaradorligi va qonun ustuvorligini ta'minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish har birimizning qat'iy vazifamiz ekanligini ta'kidladi.