Yangiliklar
Yangiliklar
2022-09-05
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida monomarkazda “Surdotarjimon” kursi tashkil etilgan.
“Surdotarjimon” kursi tinglovchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab madaniy va ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyat Karlar jamiyati raisi Boymurodova Mavjuda Asadovna bilan birgalikda nogironligi (eshitish va soʻzlashda) boʻlgan fuqarolar ham ishtirok etdi.
Kurs tinglovchilari tomonidan qisqa muddatda oʻrgangan bilim va amalaka koʻnikmalarini namoyish etdilar.